» » Jahonning eng qimmat himoyachisi “Liverpul”dagi ilk o‘yinidayoq g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi

Jahonning eng qimmat himoyachisi “Liverpul”dagi ilk o‘yinidayoq g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi


Kecha — 5-yanvar kuni Angliya Kubogi uchun bellashuvlar start oldi. 1/32 final bellashuvlarini birinchilardan bo‘lib “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublari boshladi va har ikkisi ham navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

“Liverpul” shahar derbisida “Everton”ni taslim qilishga erishdi — 2:1. Yangi yil arafasida “mersisayd” klubi libosini kiygan hamda dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylangan gollandiyalik Virjil van Deyk debyut o‘yinidayoq g‘alabani golini urdi va qahramonga aylandi.

Premyer-Liga doirasidagi Liverpul derbisida g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi — 1:1. Endi esa Sem Ellardays boshqaruvidagi “Everton” kubok uchun kurashdan chiqib ketdi.

Joze Mourinyo boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” esa quyi liga klubini taslim qildi. G‘alaba qiyin qo‘lga kiritildi, barcha masala uchrashuvning so‘nggi 10 daqiqasida hal etildi. Yaqindagina jarohat olib, “Yunayted” muxlislarini xavotirga solgan Romelu Lukaku safga qaytib, o‘yin qahramoni bo‘ldi.

Angliya Kubogi

1/32 final

5-yanvar, juma

Gollar: Jeyms Milner, 35-pen (1:0). Gilfi Tor Sigurdsson, 67 (1:1). Virjil van Deyk, 84 (2:1).

Gollar: Jessi Lingard, 84 (1:0). Romelu Lukaku, 90 (2:0).

6-yanvar, shanba

“Flitvud Taun” — “Lester” 17:45

“Manchester Siti” — “Byornli” 20:00

“Vulverhempton” — “Suonsi” 20:00

“Nyukasl” — Luton Taun” 20:00

“Fulhem” — “Sautgempton” 20:00

“Ekseter Siti” — “Vest Bromvich” 20:00

“Bornmut” — “Uigan” 20:00

“Bolton Uonders” — “Xaddersfild” 20:00

“Uotford” — “Bristol Siti” 20:00

“Konvetri Siti” — “Stok Siti” 20:00

“Norvich” — “Chelsi” 20:00

7-yanvar, yakshanba

“Shrusberi Taun” — “Vest Hem” 19:00

“Tottenhem” — “Uimbldon” 20:00

“Nottingem Forest” — “Arsenal” 21:00

8-yanvar, dushanba

“Brayton” — “Kristal Pelas” 00:45

Опубликовано: admin (6-01-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют