» » Eron prezidenti Ukraina xalqiga hamdardlik bildirdi va “Boing” halokati aybdorlarini jazolashga va’da berdi

Eron prezidenti Ukraina xalqiga hamdardlik bildirdi va “Boing” halokati aybdorlarini jazolashga va’da berdi


Ukraina “Boing”ining raketa bilan urib tushirilishi aybdorlari javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida ma’lum qildi.

Ruhoniyning ta’kidlashicha, yuridik va texnik masalalar bo‘yicha kelgusida samarali hamkorlik uchun Ukraina ekspertlik guruhiga zaruriy barcha ko‘mak ko‘rsatiladi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati tomonidan ikki mamlakat yetakchilarinig telefon suhbati yakunlariga bag‘ishlangan axborotida so‘z boradi.

Shuningdek, Ruhoniy samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlarning shaxslarini aniqlash va repatriatsiya qilish jarayonini imkon qadar tez o‘tkazishga va’da bergan. “Qarindoshlari vidolasha olishlari uchun, kelgusi haftadayoq — 19-yanvargacha halok bo‘lganlarning jasadlarini Ukrainaga qaytarish biz uchun favqulodda muhim ahamiyatga ega”, — deya ta’kidlagan Zelenskiy telefon suhbati davomida.

Eron “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning 8-yanvar kuni qulagan samolyoti Eron havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tasodifan urib tushirilganini 11-yanvar kuni tongda tan oldi. Ukraina prezidenti Eron rahbariyatining bayonotini “kerakli yo‘nalishda tashlangan qadam” deb atadi.

Tehron yaqinida qulagan “Boing” bortida 176 kishi, jumladan, 11 nafar ukrainalik, shuningdek, Kanada va Buyuk Britaniya fuqarolari bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют