» » Qashqadaryoda YPX xodimi kamera ko‘targan olomon qurshovida qolib ketdi. Xodim jarimaga tortilgan (video)

Qashqadaryoda YPX xodimi kamera ko‘targan olomon qurshovida qolib ketdi. Xodim jarimaga tortilgan (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi olomon qurshovida qolib ketgani aks etgan videoyo zuv tarqaldi. Videoxabarlarda voqea Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida bo‘lgani, YPX xodimi mast ekani, odamlar uning jazolanishini talab qilayotgani bildirilgan.

Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan “Daryo”ga taqdim etilgan axborotda ta’kidlanishicha, voqea 11-yanvar kuni tushdan so‘ng, Chiroqchi tumanidagi “Mikrokreditbank” binosi oldida yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPXB 2-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori katta serjant Nasibali Yarmatov “Mikrokreditbank” binosi ro‘parasida o‘rnatilgan 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) yo‘l belgisiga amal qilmay to‘xtab turgan Labo haydovchisi Sh.N.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzib (haydovchining oldida hujjatlari bo‘lmagan), mashinani jarima maydonchasiga joylashtirishga qaror qilgan.

Katta serjant Yarmatov qoidabuzar haydovchining Labo’sini jarima maydonchasiga olib ketish oldidan o‘zining 878 raqamli Spark’ini, majburiy to‘xtash chiroqlarini yoqib, “Mikrokreditbank” ro‘parasidagi 3.27 yo‘l belgisining ta’sir doirasida qoldirib ketgan. U jarima maydonchasidan qaytib kelgach, Labo’ning egasi YPX inspektoridan o‘ziga o‘zi ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni talab qilgan.

“Chiroqchi tumani IIO FMB YHXB boshlig‘i kapitan F.Yangiboyev tomonidan katta serjant Nasibali Yarmatovga Yo‘l harakati qoidalarining 7-bandida ko‘rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etganligi uchun UZ-19-seriyali 70-263256-raqamli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruv o‘tkazilmoqda”, — deyiladi viloyat IIB axborotida.

Viloyat IIB axborotida voqea yuz bergan vaqtda katta serjant Yarmatovning mast bo‘lgan-bo‘lmaganligiga aniqlik kiritilmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 04:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют