» » OCh—2020. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyni mag‘lub etdi (video)

OCh—2020. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyni mag‘lub etdi (video)


O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 12-yanvar, yakshanba kuni Osiyo chempionati—2020 2-turida Xitoy bilan o‘ynadi.

Uchrashuvda Lyubinko Drulovich shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida xitoylik himoyachi o‘z jarima maydoni ichida Oybek Bozorovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Natijada belgilangan penaltini Islom Qobilov golga aylantirdi.

66-daqiqada hisob 2:0 ga yetishi mumkin edi, biroq videotakrorlardan so‘ng Xitoy darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima zarbasidan Qobilov foydalana olmadi. Darvozabon uning zarbasini qaytara oldi. 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Nurillo To‘xtasinov hisobni oshirdi. Qolgan vaqtda darvozalar dahlsiz qoldi.

Guruhdagi boshqa o‘yinda Janubiy Koreya olimpiyachilari Eronni mag‘lubiyatga uchratgan holda muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi.

Shu tariqa Drulovich shogirdlari 4 ochko bilan ikkinchi o‘ringa joylashdi va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan qulay imkoniyatga ega bo‘ldi.

U23 Osiyo chempionati—2020

2-tur bahslari

12-yanvar, yakshanba

B guruhi

Gollar: 1:0 — 9 Barakat, 1:1 — 30 Yuki Soma, 2:1 — 88 Ala Al-Dali

C guruhi

Gollar: 0:1 — 22 Li Dong Jun, 0:2 — 35 Cho Kyu Sung, 1:2 — 54 Rizo Shekariy

Gollar: 0:1 — 45+3 Islom Qobilov, 0:2 — 80 Nurillo To‘xtasinov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2020, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют