» » APL. “Manchester Siti” 6 ta gol urib g‘alaba qozondi, Aguerodan het-trik (video)

APL. “Manchester Siti” 6 ta gol urib g‘alaba qozondi, Aguerodan het-trik (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 22-turi doirasida 13-yanvar, yakshanba kuni 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” mehmonda “Aston Villa”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “shaharliklar” a’zolari Riyad Mahrez (18, 24), Serxio Aguro (28, 57, 81) hamda Gabriel Jezus (45) tomonidan urilgan gollarga mezbon jamoa Anvar al-G‘oziy (90, penalti)ning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Siti” safarda kechgan bahsda “Aston Villa”ni yirik 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “mankunianlar” ochkolari sonini 47 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Aston Villa” esa 21 ochko bilan 18-pog‘onani egallab turibdi.

APL

22-tur bahslari

Gollar: 0:1 — 42 Dukure, 0:2 — 65 Dini, 0:3 — 90 Pereyra

Gollar: 0:1 — 18 Mahrez, 0:2 — 24 Mahrez, 0:3 — 28 Aguero, 0:4 — 45 Gabriel Jezus, 0:5 — 57 Aguero, 0:6 — 81 Aguero, 1:6 — 90, penalti Al-G‘oziy

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют