» » Shuhrat Abdurahmonov: Ishsiz yoshlar bo‘lsa, kelaversin — ish topib beraman

Shuhrat Abdurahmonov: Ishsiz yoshlar bo‘lsa, kelaversin — ish topib beraman


Andijon viloyatida ishsiz yurgan yoshlarning bari hisobga olinadi, ularning muammolari aniqlanib, yil davomida bu muammolarni hal qilish choralari ko‘riladi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Prezidentimizning topshiriqlariga ko‘ra, bu yil yoshlar bilan ishlash yili bo‘ladi. Butun mahalla faollari, uchastka nozirlari Andijondagi ishsizlar yoki biror muammo bilan yurganlarning barini xatlab chiqyapti. Muammolarni aniqlab olgach, ularni hal qilish uchun yil mobaynida hammamiz birga ishlaymiz.

Yoshlar bilan uchrashsam-uchrashmasam aniq bilaman, eng katta masala — yaxshi maosh va ish masalasi. Shu bois ishni Andijon shahri va Xo‘jaobod tumanida bekor yurgan yoshlarni qurilishga olib kelishdan boshladik. Agar bu yoshlar oliy ta’limga o‘qishga topshirib, shartnoma asosida o‘qishga kirsa, kontraktini to‘lashga yordam beramiz.

Uyga muhtojlari bo‘lsa, orasida eng yaxshi ishlaganlariga dastlabki to‘lovini amalga oshirishda yordam beramiz. Boshqa muammolari bo‘lsa ham, ish bilan parallel ularni ham yechib boramiz. Agar u yoq-bu yoqda yurgan ishsiz yoshlar bo‘lsa — kelaversin, ish topib beraman. Bu uylar qurilishi — birinchi nuqta.

Sement zavodlari ishga tushyapti, u yerga ham 200 nafar atrofida ishchi olamiz. Bu zavodlar ham atrofida o‘z ishchilari uchun uylar qurib, xodimlariga topshiradi. Shu bilan yoshlarning ko‘pi uyli bo‘lib qoladi.

Shuhratbek Abdurahmonov, Andijon viloyat hokimi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2020, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют