» » Bo‘kadagi maktablarga yuzlab sifatsiz va eski kompyuterlarni yetkazib bergan firmaga qarshi jinoyat ishi ochildi

Bo‘kadagi maktablarga yuzlab sifatsiz va eski kompyuterlarni yetkazib bergan firmaga qarshi jinoyat ishi ochildi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda qonuniylikni ta’minlash borasida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “W” kompaniyasi tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarga hujjatlarda ko‘rsatilganidan boshqa, sifatsiz, qayta ta’mirlangan ichki va tashqi qurilmalar o‘rnatilgan 375 dona kompyuter to‘plamlarini o‘tkazgani aniqlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining qayd etishicha, kompaniya o‘zining ushbu xatti-harakatlari bilan 628,4 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan kompaniya mansabdorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют