» » Bo‘ka xalq ta’limi bo‘limi kompyuterlarni sun’iy ravishda qimmat xarid qilib, budjetga 623 mln zarar yetkazgani aniqlandi

Bo‘ka xalq ta’limi bo‘limi kompyuterlarni sun’iy ravishda qimmat xarid qilib, budjetga 623 mln zarar yetkazgani aniqlandi


Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida kompyuter texnikalarini sun’iy ravishda qimmat narxlarda xarid qilish holati aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tuman xalq ta’limi bo‘limi bosh hisobchisi J.M. va boshqalar “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda haqiqiy bahosi 3,3 million so‘m bo‘lgan kompyuter to‘plamlarining hujjatlarini soxtalashtirgan holda qimmat narxlarda hisoblab, jami 375 ta kompyuter to‘plamlarini xarid qilib, 623,7 million so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют