» » O‘zbekistonda 2019-yilda qancha shaxs sudlangani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2019-yilda qancha shaxs sudlangani ma’lum qilindi


O‘zbekistonda 2019-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 36 845 nafar shaxsga nisbatan 28 846 ta ish ko‘rib chiqildi. Oliy sud matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich 2018-yilga nisbatan shaxslar bo‘yicha 24,2 foizga, ishlar bo‘yicha esa 24,4 foizga kamdir.

Jumladan, 859 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 27 603 nafarni tashkil etib, shundan 6 957 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 19 278 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 368 nafar shaxs shartli hukm qilindi.

Sudlangan shaxslarning 24 491 nafari erkaklar, 3 112 nafari ayollar, 10 700 nafari yoshlar (shu jumladan, 497 nafari voyaga yetmaganlar) va 873 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Shuningdek, 3 080 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilingan, 26 436 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 8 028 nafariga tayinlangan jazo yengili bilan almashtirildi va 6 665 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalangan.

Hisobot davrida yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 7 329 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan. Yetkazilgan 443,9 milliard so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 3 187 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

Jinoyat ishining 13 890 tasi, ya’ni barcha ishlarning qariyb 48,2 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.

Bundan tashqari, Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 1 788 nafar shaxsga nisbatan 1 486 ta ish ko‘rib chiqilgan. 1 037 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilingan va 581 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют