» » O‘zbekistonda 6 oy davomida 333 kishi sudlar tomonidan oqlandi

O‘zbekistonda 6 oy davomida 333 kishi sudlar tomonidan oqlandi


O‘zbekistonda joriy yil birinchi yarim yilligida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 18745 nafar shaxsga nisbatan 14 mingdan ziyod ish ko‘rib chiqildi. Mazkur ko‘rsatkichlar 2018-yilning shu davriga nisbatan shaxslar bo‘yicha 29,1, ishlar bo‘yicha esa 29,7 foizga kamaygan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

6 oy davomida 333 nafar shaxs oqlandi va reabilitatsiya qilingan. Sudlangan shaxslar soni 14 ming 733 nafarni tashkil etib, shundan 3,7 mingdan ortig‘i ozodlikdan mahrum qilingan. 10 mingdan ortig‘iga boshqa turdagi jazolar tayinlangan. 744 nafar shaxs shartli hukm qilingan.

Sudlangan shaxslarning 13 mingdan ziyodi erkak, 1,7 mingdan ortiqrog‘i ayol, 6 mingga yaqini yoshlar (shu jumladan, 272 nafari voyaga yetmagan), 438 nafari 60 yoshdan oshgan shaxs.

Shuningdek, 1,5 mingdan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilingan. 13 ming 346 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 4 mingdan ortig‘iga tayinlangan jazo yengili bilan almashtirilgan. 3,5 mingdan ziyod shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.

Ayrim jinoyat turlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygani kuzatilgan. Xususan, qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik, o‘g‘rilik, mansab soxtakorligi, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlar uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari haqida shunday deyish mumkin.

Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 3228 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Yetkazilgan 286,8 milliard so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini qoplagan 1693 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.

6677 ta jinoyat ishi, ya’ni barcha ishlarning qariyb 46,8 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 879 nafar shaxsga nisbatan 696 ish ko‘rib chiqilgan. 552 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilingan, 242 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari esa o‘zgartirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-07-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют