» » Farg‘onada davlat budjetiga 983,9 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkor javobgarlikka tortildi

Farg‘onada davlat budjetiga 983,9 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkor javobgarlikka tortildi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam Jinoyat kodeksining 184 (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 189-moddalari (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro U.M. yana noqonuniy faoliyatga qo‘l urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

U.M. o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan yaqin qarindoshlari nomiga “B.M”, “Q.T”, “M.Q.C.” va “M.I.S.” MChJlarni tashkil etib, amalda ushbu korxonalarni o‘zi va sheriklari bilan norasmiy boshqargan holda yirik pul aylanmalarini amalga oshirib, hisobotlarda soliq bazasini kamaytirib ko‘rsatib, 983,9 million so‘m soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi hamda 3,4 milliard so‘mlik mahsulotlar sotuvidan tushgan naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan juda ko‘p miqdorda savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2020, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют