» » Pentagon: Eron tomonidan AQShning Iroqdagi harbiy bazasiga bergan raketa zarbalari oqibatida 11 nafar amerikalik jarohat olgan

Pentagon: Eron tomonidan AQShning Iroqdagi harbiy bazasiga bergan raketa zarbalari oqibatida 11 nafar amerikalik jarohat olgan


AQSh Mudofaa vazirligi Eron tomonidan Amerikaning Iroqdagi harbiy bazasiga uyushtirilgan hujum oqibatida 11 nafar amerikalik harbiy xizmatchi jarohat olganini tan oldi, deb xabar beradi Reuters.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi vakili Bill Urganning aytishicha, “Al-Asad” aviabazasiga uyushtirilgan hujum oqibatida jarohat olgan askarlarning ayrimlariga miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan. Jarohat olganlarning bir qismi Germaniya va Kuvaytga qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun yuborilgan. Keyinroq ularning barchasi Iroqqa qaytadi.

Dastavval AQSh hukumati 8-yanvar kechasi uyushtirilgan hujum oqibatida hech kim jarohat olmagani va halok bo‘lmaganini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, 8-yanvar kuni Eron Islomiy inqilob muhofizlari korpusi AQShning Iroqdagi ikkita harbiy bazalariga 10 dan ortiq ballistik raketa uchirgan. Bungan eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 106) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют