» » Toshkentda bir haydovchi ikki nafar YPX inspektorini urib ketdi

Toshkentda bir haydovchi ikki nafar YPX inspektorini urib ketdi


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 18-yanvar kuni soat taxminan 11:25 da Toshkent halqa avtomobil yo‘li—Do‘rmon yo‘li chorrahasida 1993-yilda tug‘ilgan D.Sh. ishonch qog‘ozi asosida Spark’ni xavfsizlik kamari taqmay boshqarib ketayotgani sababli, shu yerda xizmat olib borayotgan yo‘l inspektori B.Sultonov haydovchiga to‘xtash to‘g‘risida ishora bergan.

IIV YHXBB matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, haydovchi xodimning talabiga bo‘ysunmay, uni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. So‘ng Ziyolilar—Temur Malik ko‘chalari chorrahasida uni to‘xtatish maqsadida oldiga chiqqan boshqa yo‘l inspektori O‘. Qo‘chqorovni ham urib yuborib, voqea joyidan yashiringan.

“O‘.Qo‘chqorov olgan tan jarohati sababli IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan”, — deyiladi IIV YHXBB axborotida. Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi D.Sh. ushlangan. Uning hujjatlari tekshirilganda, transport vositasini qayd etish guvohnomasi (texpasport) bo‘lmaganligi aniqlangan.

Hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergovoldi tekshiruv-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют