» » La Liga. Messi “Barselona”ga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi (video)

La Liga. Messi “Barselona”ga navbatdagi 3 ochkoni taqdim etdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 20-turi so‘nggi o‘yinida “Barselona” o‘z maydonida “Granada”ni qabul qildi.

Uchrashuv taqdirini 76-daqiqada Lionel Messi tomonidan urilgan yagona gol hal etdi. Shu tariqa Kiki Setien “Barselona” boshqaruvidagi ilk o‘yinini g‘alaba bilan boshladi.

Ushbu turdan so‘ng “Barselona” ochkolari sonini 43 taga yetkazib, “Real”ni to‘plar nisbatiga ko‘ra yana musobaqa jadvalida 2-o‘ringa tushirib, birinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

La Liga

20-tur bahsi

19-yanvar, yakshanba

“Barselona” – “Granada” 1:0

Gol: 1:0 – 76 Messi.

Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Buskets, Fati (Karles Peres, 79), Alba, Vidal (Artur, 83), Rakitich (Puch, 71), Messi, Grizmann.

Granada – Ruy Silva, Dias, Duarte, herman Sanches, Fulke, Eteki (Martines, 72), Gonalon, Vadilo (Puertas, 65), Aziz (Errera, 56), Machis, Fernandes.

Ogohlantirishlar: Machis (12), Herman Sanches (59), Fernandes (72).

Chetlatish: Herman Sanches (69).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют