» » “Shifokorlar bir asrab qolishgan”. Yodgor Sa’diyev yurak bilan bog‘liq kasallik bilan kurashib kelayotganini ma’lum qildi (video)

“Shifokorlar bir asrab qolishgan”. Yodgor Sa’diyev yurak bilan bog‘liq kasallik bilan kurashib kelayotganini ma’lum qildi (video)


O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Yodgor Sa’diyev suhbat davomida 65 yoshidan buyon yurak bilan bog‘liq kasallik bilan kurashib kelayotgani, yuragiga bir necha marotaba stent qo‘yishgani haqida gapirib berdi.

Bu narsani aytishning hojati yo‘q edi-yu, mayli, endi aytaman. Meni shifokorlar bir asrab qolishgan. Bu 65 yoshga to‘lishim arafasida bo‘lgan. ‘Jigarbandim’ filmi syomkasidan keyin suratga olish jarayoni paytida bo‘lgan edi. Keyin tekshirtirsak, karanagrafiya qildirgandik, shunda stent qo‘yish kerak deyishgandi, o‘shanda tug‘ilgan kunimdan 4-5 kun oldin o‘shani qo‘yib qutqarib ham qolindi desa ham bo‘ladi.

Hozirgi meditsina shunchalik rivojlanganki, ilgari odamlarda bu narsa bo‘lmagan. Tomirlarda qon o‘tishi yomonlashgandan keyin, qon o‘tishi 100% bo‘lmagan, 40—30% bo‘lgandan keyin u infarkga olib keladi.

Hozirgi tibbiyot shu narsalarni joy-joyiga qo‘yib, Allohga beadad shukr, bu orqali qancha odamlar davo topyapti va hayoti davom etmoqda. Menda ham xuddi shunaqa bo‘lgan. Keyin yana bir marta bo‘ldi. U endi rahmatli kelinoyingiz vafotidan bir oydan so‘ng bo‘lib, keyin yana bir marta qo‘yildi. Bu yilni 2019-yilni boshida yana bitta o‘tkazgandik, yana bitta qo‘yildi.

Bu, ‘mana endi Yodgor Sa’diyev ancha yetilib qoldi’, degani emas, yo‘q. Men hatto yigirmatalab ham stenti bor odamlarni bilaman, mehnat qilib yurishibdi, xizmat qilib yurishibdi. Shuning uchun bu narsalar ozgina qon - tomirlari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar. Bu ham o‘tib ketdi Xudoga shukr. Kerak bo‘lsa yana qo‘ydiramiz. Buning hech qo‘rqinchli joyi yo‘q. Hozirda bizdagi shifokorlar ham bu narsani ustasi bo‘lib ketishgan. Ilgari Hindiston, Moskvaga borilardi. Hozir mana O‘zbekistonimizni ko‘rib turibsiz. Oxirgi 3 yilda yanada rivojlandi. Prezidentimizning ham eng katta e’tibori tibbiyot sohasiga bo‘ldi. Chunki bu insonlarning sog‘lig‘i, O‘zbekiston fuqarolarining sog‘lig‘i bilan bog‘liqligi uchun Prezidentimizning ham e’tibori, qarorlari chiqarilyapti. Bu masalada jiddiy va mukammal shu narsani rivojlantirish uchun qarorlar chiqarildi va yordam berilyapti. Beadad shukr, bundan qo‘rqish kerak emas.

Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev suhbat davomida “Shaytanat” serialining 20 yillik “zapret”i sababi, serialning so‘nggi 21-qismi, hayoti va ijodi bilan bog‘liq ko‘plab javobsiz savollarga ham oydinlik kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют