» » Milliy muzey fondining elektron katalogi joriy etiladi

Milliy muzey fondining elektron katalogi joriy etiladi


Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston davlat amaliy san’at muzeyi, Oybek uy-muzeyi va I.V. Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida sinov tariqasida elektron katalog tizimini joriy qildi, deb xabar berdi “Kun.uz”.

Elektron katalogizatsiya ikki bosqichda joriy etiladi. Birinchi bosqich faqat muzey xodimlari uchun mo‘ljallangan ichki elektron katalog tizimidir. Ushbu elektron katalog muzeyning ichki hisobotlarini boshqarishga va maxsus dastur orqali muzey eksponatlari bo‘yicha hujjatlar tuzishga yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy muzey fondining elektron katalog tizimini joriy etish Museum Plus dasturiy ta’minoti yordamida amalga oshiriladi. Ushbu dastur Shveysariyaning “Zetcom” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Museum Plus platformasidan Luvr muzeyi, Nyu-York shahri muzeyi, Shimoliy-g‘arbiy madaniyat va san’at muzeyi kabi ko‘plab mashhur muzeylar ham foydalanadi.

Muzey va jamg‘arma xodimlariga mazkur dasturdan foydalanishni o‘rgatish maqsadida “Zetcom” kompaniyasining mutaxassislari tomonidan treninglar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida mutaxassislar tinglovchilarga Museum Plus platformasi bilan ishlashni o‘rgatishdi.

Ikkinchi bosqichda tashqi virtual galereya — muzeylarning kataloglari joylashgan saytni yaratish rejalashtirilgan. Mazkur sayt barcha internet foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘lib, unda eksponatlarni yuqori sifatda tomosha qilish, shuningdek, har bir muzeyning asosiy ekspozitsiyasidagi eksponatlarning ta’rifi va tarixi bilan tanishish imkoni bo‘ladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют