» » O‘zbekistonda muzey eksponatlari xatlov qilinmoqda

O‘zbekistonda muzey eksponatlari xatlov qilinmoqda


Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevraldagi rejasi doirasida muzey ashyolari va kolleksiyalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish tartibi va muddatlari aniq belgilab olinib, ishchi guruhi shakllantirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-fevralda “Yurtimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda ularni kelajak avlodga yetkazish, mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi.

Milliy muzey tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan o‘z tarkibida 3000 tagacha muzey ashyolari hamda kolleksiyalari bo‘lgan kichik muzeylar fondidagi barcha ashyolar har yili, 3000 tadan ko‘p ashyolarga ega bo‘lgan muzeylarda xatlov ishlari har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilandi. Shunga ko‘ra, mamlakatdagi muzeylarda saqlanayotgan ashyo va kolleksiyalarni xatlovdan o‘tkazish jadal olib borilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeylarida xatlovdan o‘tkazish ishlari yakunlanmoqda.

Shuningdek, respublikadagi muzeylarda 2,4 millionga yaqin muzey ashyolari va kolleksiyalari mavjud, hozirgi kunda ularning 90 foizining elektron bazasi yaratildi. Termiz arxeologiya muzeyi, O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi, Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Usmon Yusupov uy-muzeyi, Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi, Urganch suratlar galereyasi, Shahrisabzdagi Amir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeylari kataloglarining elektron bazasi to‘liq yakunlandi.

Yana qo‘shimcha tarzida ma’lum qilish o‘rinliki, Madaniyat vazirligi tomonidan muzeylarni yanada kengroq targ‘ib qilish, faoliyatini jamoatchilikka ko‘rsatish, sayyohlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston muzeylari yagona portalini yaratish ishlari ham olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 80) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют