» » Poytaxt IIBB imkoniyati cheklangan yigitni klinikaga olib kelgan haydovchining jarimaga tortilgani yuzasidan bayonot berdi

Poytaxt IIBB imkoniyati cheklangan yigitni klinikaga olib kelgan haydovchining jarimaga tortilgani yuzasidan bayonot berdi


Toshkent shahar IIBB tarmoqlarda imkoniyati cheklagan fuqaroni Damas’da olib ketayotgan haydovchining YPX xodimi bilan mojarosi tasvirlangan video yuzasidan bayonot berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori leytenant Jaloliddin Kattaxo‘jayevning bodikamerasiga yozib olingan videoga ko‘ra haydovchi va inspektor o‘rtasidagi tortishuv 13-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Soat 10:10 da Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasida inspektor tomonidan Lor Medical Service klinikasi yonida “To‘xtash taqiqlanadi” yo‘l belgisi hududida Damas to‘xtagani qayd etilgan.

Yo‘l qoidasini buzgan haydovchiga nisbatan ma’muriy dalolatnoma tuzilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari qiymatida (669 ming so‘m) jarimaga tortilgan.

Imkoniyati cheklangan yigitning otasi Facebook’da qoldirgan postida aytilishicha, inspektor holatni ko‘rib turib jarima yozgan. Hattoki o‘tkinchi erkak ham YPX inspektoriga holatni tushuntirishga uringan. Ammo tushuntirishga urinishlar befoyda ketgan.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining yozishicha, avtomobil haydovchisi imkoniyati cheklangan fuqaroni klinikaga olib kelganini aytmasdan klinikadagi avtoturargohda joy qolmagani sabab shu yerda to‘xtashga majbur bo‘lganini bildirgan. Leytenant esa yo‘l qoidasining buzilishiga nisbatan dalolatnoma tuzish o‘zining xizmat majburiyati ekanligini, buni e’tiborsiz qoldira olmasligini ma’lum qilgan.

“Biz ushbu video ostiga qoldirilgan izohlarga e’tibor qaratdik. Ko‘pchilik har qanday qoidabuzarlik sababsiz bo‘lmasligini, YPX xodimi haydovchini tushunishi kerakligini yozgan. Ta’kidlash joizki, YPX xodimlari tez-tez bu kabi masalalarda haydovchilarga yon bosadi. Agar ushbu holatda ham haydovchi vaziyatni to‘liq tushuntirganida shunday bo‘lardi. Shunga qaramay, yuqoridagi izohlar poytaxt yo‘llarida avtomobil haydashning hozirgi madaniyatini aks ettiradi: har bir haydovchi o‘zini aybsiz hisoblaydi va uning qoidabuzarligiga YPX inspektorlari e’tiborsiz qoldirishi kerak, deydi. Ammo biz bu haqda o‘ylab ko‘rishni taklif qilamiz: aksariyat hollarda haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzilishining oldini olishi, amaldagi qonunchilikni hisobga olgan holda vaziyatni oldindan ko‘ra bilish imkoni mavjud”, — deyiladi Toshkent shahar IIBB bayonotida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют