» » Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi O‘zbekistonda temiryo‘l transportini rivojlantirishga yordam beradi

Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi O‘zbekistonda temiryo‘l transportini rivojlantirishga yordam beradi


Germaniyaning asosiy temiryo‘l operatori — Deutsche Bahn “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni isloh qilishga yordam berishi haqida xabar berilgan edi.

Kecha, 21-yanvar kuni Transport vazirligida Deutsche Bahn kompaniyaning MDH bo‘yicha direktori Vinsent van Xauten boshchiligidagi delegatsiya vakillari va transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, unda jamoat transporti sohasida operativ boshqaruv tizimini joriy etish, xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatini takomillashtirish, yuk va yo‘lovchi tashuvlarini hamda mamlakatimiz tranzit va logistika potensialini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deutsche Bahn kompaniyasi ekspertlarini jalb etgan holda hamkorlikning boshlang‘ich fazasida ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha ofisi ishini tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida Transport vazirligi va Deutsche Bahn kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют