» » Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi Greta Tunbergni asossiz ma’lumot tarqatganlikda aybladi

Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi Greta Tunbergni asossiz ma’lumot tarqatganlikda aybladi


Dunyodagi eng yirik temiryo‘l kompaniyasi hisoblanuvchi Germaniyaning Deutsche Bahn korporatsiyasi 16 yoshli shvetsiyalik ekofaol Greta Tunbergni asossiz ma’lumot tarqatganlikda aybladi, deb xabar berdi Meduza.

Bunga Tunbergning 15-dekabr, dushanba kuni BMTning Madridda bo‘lib o‘tgan iqlim o‘zgarishlariga oid konferensiyasidan Stokgolmga qaytayotganida e’lon qilgan tviti sabab bo‘ldi.

“Odamlar bilan liq to‘la poyezdda Germaniya bo‘ylab sayohat qilyapman. Nihoyat uyga qaytyapman!”, — deb yozdi Tunberg.

Tunberg Twitter’da Deutche Bahn banneri ilingan vagonda o‘tish yo‘lagida o‘tirgani aks etgan suratni e’lon qildi.

Traveling on overcrowded trains through Germany. And I’m finally on my way home! pic.twitter.com/ssfLCPsR8o

— Greta Thunberg (@GretaThunberg) December 14, 2019

Tunbergning tviti 190 mingta layk va 10 mingta izoh to‘pladi. Ayrimlar qizga achinganini hamda Deutche Bahn xizmatlari rostdan ham yomon ekanligini yozib qoldirgan.

Boshqa internet foydalanuvchilari esa rasmda vagonning odamlar bilan to‘lib ketgani ko‘rinmayotgani, odamlar bilan to‘la vagonlar boshqacha ko‘rinishini yozib, rasmlarni ilova qilgan.

No, Greta. THIS is overcrowded... pic.twitter.com/8dBE67uKTd

— Janine Thomas (@NeenyT80) December 15, 2019

It could be worse: pic.twitter.com/hzB96u4jFv

— Simon.Dent (@SimonDent11) December 15, 2019

Tunbergning postiga Deutche Bahn ham munosabat bildirgan. Kompaniya dastlab ekofaolga manziliga eson-omon yetib olishini tilagan hamda xizmat sifatini yaxshilash ustida ishlashini bildirgan.

Biroq oradan bir necha soat vaqt o‘tgach, Deutche Bahn yana bir e’tirozli tvit yozib qoldirdi. Ushbu tvitda esa Tunberg birinchi klassda o‘tirib ketgani haqida yozilgan.

“Qadrli Greta, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishda temiryo‘lchilarni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat! Shanba kuni xizmatlarimizdan foydalanganingizdan xursandmiz. Bizning xodimlarimiz sizning birinchi klassdagi joyingizda sizga qay tarzda iliq va professional tarzda xizmat ko‘rsatgani haqida ham gapirib o‘tsangiz maqsadga muvofiq bo‘lardi”, — deyiladi Deutche Bahn tvitida.

Deutsche Bahn’ning munosabatidan so‘ng internet foydalanuvchilari Tunbergni yolg‘onchilik va ikkiyuzlamachilikda ayblay boshladi.

Tunberg Shveysariyaning Bazel shahrida poyezdning kechiktirilgani tufayli to‘rt soatga yaqin vagon polida o‘tirishga majbur bo‘lgani, birinchi klassdagi joyni esa Germaniyaning Gyottingen shahrida olishga muvaffaq bo‘lganini tushuntirdi.

U Deutche Bahn’ni tanqid qilishni istamaganini yozdi. “Bu muammo emas. Poyezdlarning odam bilan liq to‘laligi bu juda yaxshi belgi. Bu holat temiryo‘ldan foydalanishga talab katta ekanligini ko‘rsatadi”, — deb yozdi Tunberg.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют