» » Germaniyaning asosiy temiryo‘l operatori— Deutsche Bahn “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni isloh qilishga yordam beradi

Germaniyaning asosiy temiryo‘l operatori— Deutsche Bahn “O‘zbekiston temir yo‘llari”ni isloh qilishga yordam beradi


Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi temir yo‘llarini rivojlantirish masalasida dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kompaniyalardan biri Deutsche Bahn bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Xalqaro press klubning bugun, 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

“Deutsche Bahn Germaniya hukumatiga tegishli bo‘lgan yirik kompaniya. Biz hozir Deutsche Bahn bilan O‘zbekiston temir yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun kompaniya mutaxassislari va mashalatchilarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz.

O‘ylaymanki, Germaniya kompaniyasida bunday korxonalarni qayta tuzish bo‘yicha mavjud tajriba “O‘zbekiston temir yo‘llari” faoliyatini optimallashtirish va uning samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Umid qilamizki, Deutsche Bahn’ni jalb qilib, temir yo‘llarning samaradorligini oshira olamiz”, — deydi Laziz Qudratov.

Ma’lumot uchun, Deutsche Bahn 2017-yilda 4,6 milliard nafar yo‘lovchini o‘z manziliga eltib qo‘ygan. Kompaniyaning o‘sha yildagi daromadi 42,7 milliard yevroni tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют