» » Toshkentda ikki YPX inspektorini urib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda ikki YPX inspektorini urib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Toshkentda ikki nafar YHXB inspektorini Spark mashinasida urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 21-yanvar, seshanba kuni Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasi tomonidan Sh.Dillayevga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi (xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu voqea 18-yanvar, shanba kuni yuz berdi.

Poytaxtning M.Ulug‘bek tumanidagi TXAY va Do‘rmon yo‘li ko‘chasi kesishgan chorrahada Toshkent shahar IIBB YXHB YPXB YPX inspektori B.Sultonov (1981-yilda tug‘ilgan) Spark avtomobilini boshqarib kelayotgan Sh.Dillayevga (1993-yilda tug‘ilgan, ishsiz) to‘xtash ishorasini qiladi. Biroq haydovchi talabga bo‘ysunmaydi, aksincha, harakatni davom ettirib, kamiga avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan inspektorni “turtib” ketadi. Natijada O‘.Qo‘chqorov olgan tan jarohati tufayli IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.

Avayxon ko‘chasidagi chorrahada uning yo‘lidan yana bir inspektor — U.Qo‘chqorov (1982-yilda tug‘ilgan) chiqib, u ham to‘xtash ishorasini qiladi. Haydovchi bu safar ham talabga bo‘ysunmay, bu inspektorni ham avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan “bir turtib”, harakatni davom ettiraveradi. Biroq zarur choralar qo‘llanib, haydovchi IIB xodimlari tomonidan ushlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют