» » Obameyang qishdayoq “Arsenal”dan ketmoqchi. U “Barselona”ga o‘tishni xohlamoqda

Obameyang qishdayoq “Arsenal”dan ketmoqchi. U “Barselona”ga o‘tishni xohlamoqda


“Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang yanvardayoq “Barselona”ga o‘tishni istamoqda, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo.

Kataloniyaliklar klubi Luis Suaresning jarohati bois qishki transfer oynasida markaziy hujumchi sotib olmoqchi.

Shu bilan birga “Barselona” rahbariyati gabonlik futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligini tushunib turibdi. Sababi londonliklar Obameyangni qo‘yib yuborish niyatida emas. Uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilga qadar mo‘ljallangan.

30 yoshli futbolchining o‘ziga Barselonaga ketish varianti ma’qul kelmoqda, u ikki klub o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga ruxsat bergan. Uning bu fikri “Arsenal”ning so‘nggi qaroriga sezilarli darajada ta’sir etishi mumkin.

Joriy mavsum Obameyang “Arsenal” safida barcha musobaqalarni hisoblaganda 26 o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urishga erishdi. Ayni damda gabonlik hujumchi “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda (1:1) olgan qizil kartochkasi uchun berilgan uchta o‘yinlik diskvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют