» » O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Loyihada quyidagi protsessual harakatlarni amalga oshirishda videoyozuvdan foydalanish majburiyligini belgilash nazarda tutilgan:

Ushbu jarayonlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida tegishli bayonnomaga qayd yoziladi hamda unga videoyozuv materiallari ilova qilinadi.

Shaxsni ushlash jarayonida videoyozuvni qo‘llash imkonini bermaydigan kechiktirib bo‘lmaydigan hollardagina (jinoyat sodir etilgan joyda shaxsni ushlash, qidiruvda yurgan shaxsni ushlash va boshqalar) protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etmasdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilishi mumkinligini belgilash taklif qilinmoqda.

Biroq, bunday holatlarda ham ushlangan shaxs davlat organi binosiga olib kelinganidan so‘ng uning huquqlarini videoyozuvga qayd qilgan holda tushuntirish majburiyati belgilanmoqda.

Bundan tashqari, loyiha bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ular tomonidan shaxs ushlanganidan so‘ng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi to‘g‘risida ushbu shaxsning oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga darhol xabar berish majburiyati yuklatilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura bergan ma’lumotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют