» » Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Olmo Bundesliga klubiga o‘tadi. Unga “Barselona” ham qiziqqandi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Olmo Bundesliga klubiga o‘tadi. Unga “Barselona” ham qiziqqandi


Zagrebning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini “Leypsig”da davom ettiradi.

Marca’ning xabar qilishicha, tomonlar transfer borasida kelishuvga erishgan. Nemis klubi 21 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro to‘laydi. Shuningdek, besh million miqdorida bonus pullari ham nazarda tutilgan. Olmo “Leypsig” bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

AS ma’lumotlariga ko‘ra, transfer narxi 45 million yevroga yetishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham bu “Dinamo” va Xorvatiya futboli uchun rekord transferga aylanadi.

Avvalroq ispaniyalik futbolchiga “Milan”, “Vulverhempton” va “Barselona”dan qiziqish bo‘lgani xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют