» » Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaparvozlar to‘xtatildi

Tojikiston va Xitoy o‘rtasidagi aviaparvozlar to‘xtatildi


Tojikistonning Somon Air aviashirkati fevral oyigacha Dushanbe–Urumchi (Xitoy) yo‘nalishidagi parvozlarni to‘xtatdi. Bu haqda Asia-Plus nashri xabar bergan.

Xitoyning South China Airlines shirkati ham fevralga qadar Tojikistonga bo‘ladigan parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatgan.

“Reyslarning bekor qilinishi yangi turdagi koronavirusning tarqalishi bilan bevosita bog‘liq yoki bog‘liq emasligi borasida aniq ma’lumot yo‘q. Reyslar 25-yanvarda Xitoyda nishonlanadigan yangi yil bayrami bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin”, — qayd etiladi Dushanbe xalqaro aeroporti matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoydan keladigan yo‘lovchilarni sinchiklab tekshirish uchun aeroportlarni qattiq nazoratga olgan edi.

Xitoyda paydo bo‘lgan va hozircha davosi topilmagan 2019-nCoV virusi yuqishi oqibatida pnevomaniyaga chalinib halok bo‘lgan odamlar soni 17 nafarga yetgan. Virusni yuqtirganlar 600 ga yaqinlashib qolgan va ularning 95 nafari og‘ir ahvolda ekani bildirilmoqda.

Xitoyning Uxan shahrida pnevmoniyaning noma’lum turi paydo bo‘lishiga ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirus sabab bo‘lgan. Britaniyalik olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar soni 1 723 ming nafarni tashkil qilgan. Ushbu natija Xitoy tashqarisida virus bilan zararlanish holatlari kuzatilgan holatlar hisob-kitobi tahlili asosida olingan. Hozirda virus yuqtirib olganlar va kasallik oqibatida vafot etganlar soni ortib bormoqda.

O‘zbekiston TIV koronavirus tufayli Xitoyga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarni yana bir bor ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan. Vazirlik avval ham bu haqda fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan. SSV esa Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirgan, keyinchalik O‘zbekistonliklarning koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyatdan xavotirlanishiga asos yo‘qligini bildirgan.

Mavzuga doir: Xitoyning Uxan shahrida koronavirus tufayli karantin joriy etildi: Ko‘chalar kimsasiz, supermarketlarda uzun navbat, yo‘llarda postlar ishlayapti

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya mintaqalari uchun boks bo‘yicha 3—14 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Tokio olimpiadasi musobaqasi bekor qilinganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют