» » Tojikistonda ikki soat ichida 3 ta zilzila qayd etildi

Tojikistonda ikki soat ichida 3 ta zilzila qayd etildi


Bugun, 24-yanvar kuni Tojikiston hududida uch marta zilzila qayd etildi.

Tojikistondagi birinchi yerosti silkinishi Toshkent vaqti bilan 10:57 da yuz bergan.

Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, epimarkazda uning kuchi 4,1 magnitudaga teng bo‘lib, o‘chog‘i 176 km chuqurlikda joylashgan. O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkentdan 474 uzoqlikda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududida sezilmagan.

Tojikistondagi ikkinchi zilzila Toshkent vaqti bilan 12:10 da sodir bo‘ldi.

Mavzuga doir: Toshkentda yerosti silkinishlari sezildi. Bu vaqtda Prezident propiska tizimi haqida gapirayotgan edi

Yer silkinishi epimarkazida uning kuchi 5,7 magnitudaga teng bo‘lgan, zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan. O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi axborotiga ko‘ra, zilzila Toshkentdan 317 km janubi-sharqiy yo‘nalishda sodir bo‘lgan. Toshkent shahrida zilzila kuchi 2—3 ballga teng bo‘lgan bo‘lsa, Farg‘ona shahrida 4 ballni tashkil etgan. Namangan, Andijon, Guliston shaharlarida yerosti silkinishlari kuchi 3 ballga, Samarqand, Navoiy, Termiz va Qarshida 2 ballga teng bo‘lgan.

Uchinchi zilzila Toshkent vaqti bilan 12:14 da yuz bergan. Epimarkazida uning kuchi 5 magnitudaga teng bo‘lgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

Tojikistonda yuz bergan uchinchi zilzilaning O‘zbekistonda sezilgan yoki sezilmagani haqida ma’lumotlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют