» » Ispaniya Kubogi. “Real” va “Barselona” 1/8 finaldagi raqiblarini bilib oldi

Ispaniya Kubogi. “Real” va “Barselona” 1/8 finaldagi raqiblarini bilib oldi


Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi.

Qur’aga ko‘ra, “Real” ushbu bosqichda “Saragosa” bilan bahs olib boradi. “Barselona” esa “Leganes”ga qarshi maydonga tushadi. Madridning “Atletiko”sini sensatsion tarzda musobaqadan chiqarib yuborgan “Kultural Leonesa” esa ushbu bosqichda “Valensiya” bilan kurash olib boradi.

“Leonesa” — “Valensiya”

“Badaxos” — “Granada”

“Tenerife” — “Atletik”

“Saragosa” — “Real”

“Mirandes” — “Sevilya”

“Rayo Valyekano” — “Vilyarreal”

“Barselona” — “Leganes”

“Real Sosyedad” — “Osasuna”

Uchrashuvlar 28, 29 va 30-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning amaldagi g‘olibi “Valensiya” klubi hisoblanadi. Musobaqada eng ko‘p g‘olib chiqqan jamoalar uchtaligi esa quyidagicha:

1. “Barselona” — 30

2. “Atletik” — 23

3. “Real” — 19

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2020, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют