» » Xitoyliklar koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan chegarasini 30-yanvarga qadar kesib o‘tolmaydi

Xitoyliklar koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan chegarasini 30-yanvarga qadar kesib o‘tolmaydi


Xitoy fuqarolari 30-yanvarga qadar yangi turdagi koronavirusning asosiy o‘chog‘iga aylangan Uxan shahrining chegarasini kirish maqsadida ham, chiqish maqsadida ham kesib o‘ta olmaydi. Bu haqda shahar migratsiya boshqarmasi bayonot berdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi kurash va uning profilaktikasini kuchaytirish maqsadida shaharning barcha o‘tkazish punktlarida Xitoyning barcha fuqarolari uchun chegarani kesib o‘tishni 30-yanvarga qadar vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilindi”, — deyiladi boshqarma xabarida. Xuddi shunday choralar Gonkong, Makao va Tayvanga bordi-keldilar uchun ham joriy etilgan.

11 million aholi istiqomat qiladigan Uxan shahri koronavirus epidemiyasi sababli, amalda o‘tgan payshanba (23-yanvar)dan beri tashqi dunyodan uzilgan, shaharda transport, xususan, metro, avtobus, parom qatnovlari to‘xtatilgan, shaharga avtobus va suv transporti kiritilmayapti, aeroportdan va temiryo‘l stansiyalaridan ketishlar ham bekor qilingan, shahar ma’muriyati bu yerga kelmaslikni va alohida sababsiz ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Mavzuga doir:

Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabr kuni mamlakatning qismida joylashgan Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya epidemiyasi boshlangani haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga axborot bergan edi. Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi nima ekanini aniqlagan — bu 2019-nCoV koronavirusi. Xitoydan tashqari Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada koronavirus bilan xastalangan bemorlar aniqlangan.

Yangi koronavirusni yuqtirish oqibatida Xitoyda vafot etganlar soni 27-yanvar kuni tongda 80 kishiga yetgan. Xitoy Sog‘liqni saqlash masalalari davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 2744 kishi kasallangan.

Ma’lumot uchun, Uxan shahrida 30 nafardan 60 nafargacha o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin, ularning aksariyati talabalardir. Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi karantin e’lon qilingan Uxan shahridan chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha murojaatlarga Xitoy rasmiylari rad javobini berayotganini bildirgan edi.

“Karantin kiritilganidan so‘ng boshqa davlatning elchixonalari o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilgani to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyilgandi TIV axborotida. O‘z navbatida, O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi Xitoydagi o‘zbekistonlik talabalardan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan noto‘g‘ri ma’lumot tarqatib, vaziyatni keskinlashtirmaslikni so‘ragan edi.

Mavzuga doir: “Virusning o‘zi Xitoyda, lekin barcha vahimasi O‘zbekistonda bo‘lyapti”

Bungacha esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Uxandagi o‘zbekistonlik talabalar “albatta olib kelinishi”, bu borada Xitoy rasmiylari bilan ish olib borilayotganini ma’lum qilgan edi. 26-yanvar kuni esa Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi qaytarilgani ma’lum bo‘ldi — ular Toshkent aeroportining o‘zida jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 13) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют