» » Mo‘g‘ulistonda yangi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida maktablarni yopishga qaror qilindi

Mo‘g‘ulistonda yangi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida maktablarni yopishga qaror qilindi


Mo‘g‘uliston 2020-yil 2-martga qadar koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida maktablar, o‘rta va oliy o‘quv yurtlari, shuningdek, qator boshqa ta’lim muassasalarini yopadi. Mamlakat hukumatining 26-yanvar, yakshanba kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishida shunday qaror qabul qilindi, deya xabar beradi  “TASS”.

Rasmiylar 27-yanvar, dushanbadan boshlab Xitoy bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarida avtotransport va piyodalar harakatini cheklash yuzasidan ham ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, garchi bugungi kungacha Mo‘g‘ulistonda koronavirusga chalinish holatlari umuman qayd etilmagan bo‘lsa ham, kasalxonalarni virusga chalinganlarni qabul qilishga tayyorlash haqida qaror qabul qilindi.

Kasallik o‘chog‘iga aylangan Xitoyning Uxan shahrida mo‘g‘ulistonlik 31 nafar talaba istiqomat qilayotgani, ularning barchasi 27-yanvarga qadar vataniga qaytarilishi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют