» » TIV o‘zbekistonliklardan mish-mish tarqatmaslikni so‘rab, koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

TIV o‘zbekistonliklardan mish-mish tarqatmaslikni so‘rab, koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi


Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga eslatma bilan chiqdi.

Xitoyda koronavirus (2019-nCoV) oqibatida kasallik tarqalishi bilan bog‘liq maxsus epidemiologik vaziyat tufayli O‘zbekistonning mazkur mamlakatdagi elchixonasi quyidagilarni tavsiya etadi:

Shuningdek, kasallik alomatlari bo‘lganda, Pekin shahridagi quyidagi tibbiyot klinikalariga murojaat qilib, shifokor ko‘rigidan o‘tish maslahat berilgan.

Pekin shahridagi tibbiyot klinikalari ro‘yxati:

Shu bilan birga, fuqarolarga ushbu vaziyat bo‘yicha Xitoy mahalliy davlat hokimiyati organlari va O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasidan olingan ma’lumotlarga amal qilish qat’iy tavsiya qilingan.

O‘z navbatida, 2020-yil 27-yanvar holatiga ko‘ra, Xitoyning barcha xalqaro aeroportlari (Uxan shahri aeropotidan tashqari) har doimgidek o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan barcha O‘zbekiston fuqarolari Pekin—Toshkent, Urumchi—Toshkent, Sian—Toshkent, Chendu—Toshkent yo‘nalishlari yoki o‘zlari uchun maqul bo‘lgan boshqa aviamarshrutlar orqali qaytishlari mumkin.

Uzbekistan Airways AJning Xitoydagi vakolatxonasi:

Mahalliy xodim:

Loong Air aviakompaniyasi vakili:

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi konsullik bo‘limi:

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi xodimlari:

“Hurmatli O‘zbekiston fuqarolari, sizlardan turli mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni, his-hayajonga berilmaslikni va xotirjamlikni saqlashni yana bir bor so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, 26-yanvar kuni Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning bir guruhi O‘zbekistonga qaytarilgan edi. Xitoyning Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanib, yana bir necha shahar karantinga yopilgan. Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni “murakkab” deb atab, kasallikning tarqalish sur’ati oshganini tan olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют