» » AQSh Uxandan 200 nafar fuqarosini olib chiqib ketadi

AQSh Uxandan 200 nafar fuqarosini olib chiqib ketadi


AQSh davlat departamenti 28-yanvar kuni koronavirus tufayli 200 nafardan ko‘proq fuqarolari, diplomatlar va ularning oila a’zolarini Uxan shahridan cherter reys tashkil etib, olib chiqib ketadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot bugun, 28-yanvar kuni Uxanning yopiq aeroportiga qo‘nadi, bortiga 230 kishini ortib, tezda AQShga qaytadi.

Bir so‘z bilan aytganda bu reys Amerikaning Uxandagi vakolatxonasining vaqtincha yopilishi munosabati bilan amerikalik diplomatlarni evakuatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, Uxanda hammasi bo‘lib 1000 ga yaqin amerikalik bor.

Uxandan qaytgan samolyot Kaliforniyaning Ontario shahriga qo‘nadi. Parvozdan oldin yo‘lovchilarda virus simptomlari bor-yo‘qligi sinchkovlik bilan tekshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoydagi koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi, yana salkam 1300 ta yangi kasallanish holatlari tasdiqlandi.

JSST koronavirus xavfini baholashda xato qilganini tan oldi. Qayd etilishicha, epidemiya o‘rtamiyona emas, yuqori darajada xavfli.

Bugun, 28-yanvar kuni TIV o‘zbekistonliklardan mish-mish tarqatmaslikni so‘rab, koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют