» » O‘zbek paxtasini boykot qilgan Cotton Campaign O‘zbekistonga tashrif buyuradi

O‘zbek paxtasini boykot qilgan Cotton Campaign O‘zbekistonga tashrif buyuradi


O‘zbekistonga 27-yanvar—6-fevral kunlari Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi vakillari tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.

Delegatsiya tarkibidan dunyoga mashhur (Nike, Zara, GAP, Levi’s, H&M, UNIQLO va h.k.) ishlab chiqaruvchilar vakillari, riteyler hamda kasaba uyushmalari, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, AQSh moda sanoati assotsiatsiyasi, AQSh mehnat federatsiyasi hamda qator boshqa tashkilotlar o‘rin olgan.

TIV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, tashrif davomida xalqaro koalitsiya vakillari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mehnat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, “O‘ztekstilprom” uyushmasi hamda qator tashkilot va idora rahbarlari bilan uchrashadi.

Shuningdek, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya raisi va Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan alohida uchrashuv rejalashtirilgan.

Cotton Campaign — bu mehnat va huquqni muhofaza qiluvchi, investor va biznes-tashkilotlarining xalqaro koalitsiyasi bo‘lib, uning maqsadi paxta yetishtirish jarayonini bolalar mehnati hamda majburiy mehnatdan butkul holi etishdir.

Xalqaro koalitsiya vakillari tashrifi arafasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumi davomida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani sababli ma’muriy jarimaga tortilgan mansabdor shaxslar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ro‘yxatdan jami 43 nafar mansabdor shaxs o‘rin olgan bo‘lib, ularning 2 nafari hokim, 5 nafari hokim o‘rinbosaridir. Shuningdek, javobgarlikka tortilganlar orasida banklarning hududlardagi 15 ta filiali boshqaruvchilari, tibbiyot biralashmasi, soliq inspeksiyasi, maktab rahbarlari ham bor. Undirilgan jarimalarning umumiy miqdori 772 million so‘mni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun, uzoq yillar davomida paxta terimi mavsumida bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilgani bois, O‘zbekiston paxtasi xalqaro jamoatchilik tomonidan “qora ro‘yxatlar”ga kiritilgan, yetakchi ishlab chiqaruvchilar O‘zbekiston paxtasini boykot qilgan edi.

2019-yilning 4-fevralida bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning Vashingtonga ishchi tashrifida Cotton Campaign to‘qimachilik mahsulotlariga qarshi “boykot”ni bekor qilish bo‘yicha rejasini taqdim etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют