» » O‘zbekiston delegatsiyasi mahalliy tekstil mahsulotlari boykotini bekor qilish uchun AQShga yo‘l oladi

O‘zbekiston delegatsiyasi mahalliy tekstil mahsulotlari boykotini bekor qilish uchun AQShga yo‘l oladi


2019-yil 4—6-fevral kunlari tarkibida bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Norboyeva hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi ishchi tashrif bilan AQShda bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston hukumatining majburiy mehnatga barham berish masalalariga mas’ul shaxslari Vashingtonda Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining yillik yig‘ilishida ishtirok etadi. Mazkur tashkilotga paxta ishlab chiqarishda bolalar mehnati va majburiy mehnatni yo‘qotishni yoqlaydigan NTTlar, kompaniyalar kiradi.

Delegatsiya tashrifidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad AQSHning yirik brendlari tomonidan O‘zbekiston tekstil mahsulotlari boykotini bekor qilish yuzasidan muzokaralar olib borishdan iborat. Tashrif dasturidan inson huquqlari tashkilotlari, kasaba uyushmalari, Amerika kiyim-kechak va poyabzal assotsiatsiyasi, Amerika mehnat federatsiyasi, Sanoat tashkilotlari kongressi, shuningdek, Nike, Zara, GAP, Levi’s, H&M, UNIQLO va boshqa mashhur brendlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Oq uy, Davlat departamenti, Mehnat vazirligi vakillari bilan ham muzokaralar olib borishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют