» » Buyuk Kelajak eksperti Mehnat vazirining shtatsiz maslahatchisi bo‘lishi mumkin

Buyuk Kelajak eksperti Mehnat vazirining shtatsiz maslahatchisi bo‘lishi mumkin


Mehnat va bandlik munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev 28—29-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston—2035” xalqaro forumida vazirlikning qisqa muddatli strategiyasi to‘g‘risida so‘zlab berdi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Vazir yaqinlashib kelayotgan paxta kampaniyasi davrida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat migratsiyasi jarayonini tartibga solish, mehnat muhofazasini kuchaytirishni asosiy vazifalar sifatida sanab o‘tdi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, forumda dunyodagi yirik auditorlik kompaniyalaridan biri hisoblangan KPMG va vazirlik o‘rtasida kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, vazirlik va KPMG O‘zbekistonni 2035-yilgacha rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Bundan tashqari, Buyuk Kelajak ekspertlik kengashining bir yoki bir necha vakillarini vazirning shtatsiz maslahatchisi lavozimiga jalb qilish masalani ko‘rib chiqilmoqda.

“Biz xorijdagi vatandoshlarimiz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Ularning ko‘pchiligida O‘zbekiston mehnat va bandlik sohasini isloh qilish va rivojlantirish doirasida biz foydalanishni xohlagan noyob tajribalari bor”, — dedi vazir Sherzod Kudbiyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют