» » Xorijdagi ozbekistonlik ekspertlar Toshkentda Ozbekistonni rivojlantirish strategiyasini muhokama qiladi

Xorijdagi ozbekistonlik ekspertlar Toshkentda Ozbekistonni rivojlantirish strategiyasini muhokama qiladi


Joriy yil 2829-iyun kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida bolib otadigan Ozbekiston 2035 forumida mamlakatni rivojlantirishning istiqbolli strategiyasi muhokama qilinadi.Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Tadbir Buyuk kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti hamda Taraqqiyot strategiyasi markazi tomonidan tashkil etilmoqda. Unda turli vazirlik va idoralar mutasaddilari, ilmiy markazlar mutaxassislari, diplomatik korpus vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtiroki kutilmoqda.

Forumda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, aholi yashash darajasi va ijtimoiy muhofazani kuchaytirish, qishloq xojaligi, sanoat, issiqlik va elektr energiyasi majmuasi, infratuzilmani rivojlantirish, moliyaviy soha, innovatsiyalar, orta va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, ilm-fan, turizm, madaniyat, talim va inson kapitali kabi sohalardagi mavjud muammolar muhokama etiladi.

Buyuk kelajak tashkiloti Ozbekistonda tugilib, turli sabablarga kora xorijda yashayotgan, tahsil olayotgan va mehnat qilayotganozbekistonliklar tomonidan tashkil etilib, joriy yil aprel oyida Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligida xalqaro nodavlat notijorat tashkilot sifatida royxatdan otkazilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-06-2018, 11:27)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -