» » O‘zbekistonda ilk bor xorijdagi vatandoshlar forumi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ilk bor xorijdagi vatandoshlar forumi o‘tkaziladi


Toshkentda “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi. Xorijdagi yurtdoshlardan iborat “Buyuk kelajak” ekspertlar kengashi tashkilotning axborot-tahliliy bo‘linmasi hisoblanadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat va jamiyat hayotini isloh etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonda xalqaro tajriba hamda ilmiy yondashuvlardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Binobarin, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi kompaniyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy o‘quv yurtlarida ko‘plab o‘zbekistonlik mutaxassislar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Tadbir doirasida Tokio, Istanbul, Moskva, Bryussel, London, Jeneva, Toronto, Kopengagen, Nyu-York, San-Fransisko, Dubay singari shaharlarda istiqomat qiladigan yurtdoshlar bilan teleko‘prik orqali muloqot qilindi.

Taqdimotda tashkilotning yaqin istiqboldagi faoliyati, ko‘zda tutilayotgan loyihalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют