» » Yaponiyada O‘zbekistonning sud tizimidagi islohotlarga oid taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Yaponiyada O‘zbekistonning sud tizimidagi islohotlarga oid taqdimoti bo‘lib o‘tdi


Sudyalar oliy kengashi huzuridagi tadqiqot markazi va Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi joriy yilning 22-mart kuni Tokio shahrida tashkil etilgan “O‘zbekistonda ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi qonunchilikni tadbiq etishning ayrim masalalari: xalqaro tajriba va tahlil” mavzusidagi o‘zbek-yapon simpoziumida ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.

Unda O‘zbekistonda tarixan qisqa vaqt ichida sud-huquq tizimini liberallashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgani hamda milliy qonunchilik va sud amaliyotini tizimli ravishda takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilayotganligi ta’kidlandi.

Yaponiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda ijtimoy-siyosiy hayotning barcha jabhalari, shuningdek, sud tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. Ayniqsa, sud-huquq qonunchiligini rivojlanish tendensiyasini ta’kidlab, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksning qabul qilinishi munosabati bilan kelajakda hamkorlik munosabatlarini yanada jadal davom ettirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Simpozium doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Nagoya Universiteti, Yaponiya adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazi, Oliy sud hamda Oliy sud huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazlarida bo‘lib, sudyalarni tanlash va tayinlash, faoliyatini baholash, sudyalarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarida tajriba almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют