» » BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari oilasi bilan O‘zbekistonga borish istagida ekanini ma’lum qildi

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari oilasi bilan O‘zbekistonga borish istagida ekanini ma’lum qildi


Jeneva shahrida davom etayotgan BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi 37-sessiyasi doirasida BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra’d al-Husayn O‘zbekiston adliya vaziri R. Davletov, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A. Saidov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning BMT bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorligi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy komissar fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari kuchaytirilayotgani, odil sudlovni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, adolatni ta’minlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilayotganidan mamnunligini bildirdi.

Shu maqsadda xalq bilan muloqot yo‘lga qo‘yilgani, inson manfaatlarini ta’minlash borasida Harakatlar strategiyasi doirasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Zayd Ra’d al-Husayn muloqot chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Toshkent va Nyu-York shaharlarida uchrashganini, shuningdek, 2017-yil may oyida O‘zbekistonga safari samarali o‘tganini esga oldi.

Oliy komissar O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida davom etayotgan demokratik o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Jumladan, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirishga qaratilgan ishlar e’tiborga molik. O‘zbekistonda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni va diniy bag‘rikenglikni saqlab qolish muhim ahamiyatga ega.

2018-yilning noyabr oyida Samarqandda inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tishi, O‘zbekiston 2021–2023-yillar mobaynida Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi bo‘lish tashabbusi bilan chiqqanini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan oliy komissar O‘zbekiston bilan nafaqat inson huquqlari, balki boshqa sohalarda ham faol hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi. Kelajakda u o‘z oilasi bilan O‘zbekistonga borish istagida ekanini ham ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют