» » Dilbar Fayziyeva: Eng muhimi — O‘zbekistonning dunyodagi siyosiy imijini oshirish

Dilbar Fayziyeva: Eng muhimi — O‘zbekistonning dunyodagi siyosiy imijini oshirish


Toshkent shahrida “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti Ekspertlar kengashi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir doirasida San-Fransisko, London, Moskva, Jeneva, Tokio shaharlaridagi vatandoshlar mamlakatda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish modellarini ishlab chiqish, O‘zbekiston va dunyoning yetakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Moskvadan jurnalist Dilbar Fayziyeva so‘z oldi:

—Kasbim bo‘yicha O‘zbekistonda tahsil olgach, Rossiyadagi yetakchi telekanallaridan birida ishlashga qaror qildim, — deydi D.Fayziyeva. — Mamlakatda ulkan o‘zgarishlar kechayotgan bir davrda O‘zbekistonning jahon miqyosidagi siyosiy imijini oshirish har qachongidan-da muhim. Diplom ishim shu mavzuga bag‘ishlangani bu borada yaqindan yordam beradi, degan umiddaman.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют