» » “Buyuk kelajak” ekspertlari kengashi: Dastlabki ekspertlar aniqlandi

“Buyuk kelajak” ekspertlari kengashi: Dastlabki ekspertlar aniqlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Respublikada davlatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida keng ko‘lamli islohotlarning o‘tkazilishi haqida ma’lum qilindi va hozirgi kunda ular jadal amalga oshirmoqda. Ta’kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan vazifalarni izchil amalga oshirish doirasida mamlakat rahbari tomonidan davlatning barcha professional va aqliy salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, bu maqsadlar yo‘lida xorijiy mamlakatlarda yashab-faoliyat yuritayotgan va o‘z sohasida jiddiy yutuqlarga erisha olgan o‘zbekistonliklarni ham jalb etish tashabbusi ilgari surildi.

Joriy yilning boshida “Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashi shakllana boshladi va kengashda xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan hamda huquq, moliya, sanoat, fan, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy munosabatlar, davlat boshqaruvi sohalarida yetakchi mutaxassislar hisoblangan o‘zbekistonlik ekspertlar ham ishtirok etishlarini ma’lum qildilar.

“Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashining bosh maqsadi mamlakat rahbariyati uchun O‘zbekistonni 2035-yilgacha uzoq muddatli rivojlantirish modeli bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tayyorlab berishdan iborat.

Model ilg‘or xalqaro tajriba, O‘zbekiston bozorlarining xolisona tahlili va eng muhimi, O‘zbekistondan chiqqan yetakchi mutaxassislarning shaxsiy tajribasi negizida quriladi.

Bugungi kunga kelib, ekspertlar kengashiga a’zo bo‘lgan qator ekspertlar aniqlab olindi. Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Belgiya va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashayotgan o‘zbekistonliklar Kengash tarkibiga kirdilar.

“Ekspertlar kengashi” rasmiy saytida joylashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashi tarkibiga kirganlar:

Alisher Kalonov — “Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashi raisi.

Investitsiya divizioni rahbarining o‘rinbosari – “Rosnano” YEM “Buyuk Kelajak”da Istiqbolli loyihalarni rivojlantirish bo‘limi rahbari, Moskva.

Sherzod Yusupov 

“Bank Vostochniy” va “Modulbank” mulkdori va direktorlar kengashining a’zosi, Rossiya.

Sobir Shodiyev

Eurasian Resources Group (ERG) kompaniyalari xalqaro guruhining Nazorat kengashi raisi maslahatchisi, Ostona.

Baxrom Ismoilov

“Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashining ijrochi direktori.

Rossiyaning Huquqni himoya qilish idoralari va maxsus xizmatlari xodimlari Assotsiatsiyasining sud-huquq masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Rossiya Davlat Dumasi Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ekspertlari kengashi a’zosi.

Dilbar Fayziyeva

Birinchi kanaldagi “Dobroye utro” (“Xayrli tong”) dasturi boshlovchisi, Moskva.

Shavkat Qodirov

Tibbiyot fanlari nomzodi, neyrojarroh, akademik N.N.Burdenko nomidagi Milliy neyrojarrohlik tibbiy-tadqiqot markazida bolalar jarrohi, Moskva.

Aleksandra Begayeva

“Begayeva i Partneri” (“Begayeva va Hamkorlar”) YB asoschisi va boshqaruvchi hamkor, yuridik fanlar nomzodi, professor, doktorant, O.E.Kutafin nomidagi MDYA tadbirkorlik huquqi o‘qituvchisi, Moskva.

Ilhom Ismoilov

“plov.com” asoschisi, har yili o‘tkaziladigan “Yosh milliarder maktabi 2016” Forbes startaplari tanlovi g‘olibi.

Yaroslav Podsevatkin

“ATON” Investitsiya kompaniyasi treydingi rahbari, hamkori, Moskva.

Oybek Shayxov

Strategik biznes boshqaruvi va muzokaralar olib borish sohasida mustaqil ekspert. Neft-gaz tarmog‘ida 12 yildan ziyod muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega, Bryussel.

Timur Jumaniyozov

“Moneymatika.ru” moliyaviy supermarketi asoschisi va marketing bo‘yicha direktor, Moskva.

Jamshid Rustambekov

Eversheds Sutherland (International) LLP xalqaro yuridik firmasida katta huquqshunos, London.

Diana Bayzakova

BAA Xalqaro Hakamlik sudida xalqaro hakam, Merritz yuridik kompaniyasi hamkori, BAA.

Nodirjon A’zamxo‘jayev

“Moy Gorod” (“Mening shahrim”) MChJning axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori, hammuassisi, “Vichislitelnie sili” YAJda yetakchi dasturchi, Moskva.

Musa Xaitov

Rossiyalik olim-immunolog, tibbiyot fanlari doktori, professor, RFAning muxbir a’zosi (2016). Rossiya FTBA “Immunologiya instituti DIM”ning direktor vazifasini bajaruvchisi.

Odilbek Isoqov

HSBC bankida Qarz kapitali bozorida mijozlar bilan ishlash bo‘yicha boshqaruvchi direktor, London.

Habib Abdullayev

RIKOR texnoparki bosh direktori. Moskvadagi O‘zbek milliy-madaniy muxtoriyati raisi.

Muzaffar Otamirzayev

“Mejdunarodniy Sentr Kreditovaniya” (“Xalqaro kreditlash markazi”) MChJ MMK hammuassisi, Rossiya mikrokreditlash bozorida 10 yildan ziyod muvaffaqiyatli biznes yuritish tajribasiga ega, Rossiya.

Gavharxon Saitazizova

London Xalqaro hakamlik sudida maslahatchi, MDH va Yaqin Sharqdan chiqqan tomonlar ishtirokidagi munozaralar uchun mas’ul, London.

Nuri To‘rayev

Rossiyada yirik mustaqil tabiiy gaz ishlab chiqaruvchisi va zaxiralari bo‘yicha dunyoda 3-o‘rindagi “Novatek” OAJning biznesni birlashtirish, singdirish va rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlar rahbari.

Laziz Zikiryoxo‘jayev

“Lukoyl” Mid-Ist Limitedning korporativ-huquqiy masalalari bo‘yicha guruh rahbari/Yuridik masalalar bo‘yicha direksiya, Yaqin Sharq.

Ibrohim Musayev

Calatrava Grace Corporation (CGC) hamkori va rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori, Nyu-York.

Sirojiddin Zayniddinov

Rossiya Ichki auditorlar institutining Sankt-Peterburg shahri mintaqaviy markazi rahbari.

Kamila Ismoilova

Ernst&Young ofisida katta soliq maslahatchisi, Kanada.

Shoabbos Shomansurov

Tabiiy resurslar Yevrosiyo kompaniyasida MDH va Osiyo mamlakatlari bo‘yicha biznesni rivojlantirish bo‘limi koordinatori.

Ulug‘bek Tillayev

Bank sohasida maslahat-loyihalar rahbari. Moliya institutlari guruhi Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti xalqaro moliyaviy korporatsiya (Jahon banki guruhi).

Farruh Abdullaxonov

Direktor, KPMG moliyaviy jinoyatchilikka qarshi harakatlar bo‘yicha maslahatlar berish guruhi rahbari, Moskva.

Berdibek Ahmedov

PIMCO’ning ijrochi vitse-prezidenti, 1,7 trillion AQSh dollari aktiviga ega qimmatli qog‘ozlarni boshqaruvchi dunyoda eng yirik kompaniyalardan biri, London.

Yana shuni ta’kidlash kerakki, “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashining shakllanishi davom etmoqda.

“Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashining ijrochi direktori – Bahrom Ismoilovning izohlashicha, ekspertlar kengashi O‘zbekiston—2035 platformasida keng ekspertlar hamjamiyatini qaror toptirish maqsadida butun dunyo bo‘ylab yashayotgan yuqori malakali vatandoshlarimizni izlashni davom ettirmoqda.

Yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 2018-yilning bahorida “uyuk Kelajak” ekspertlari kengashi tomonidan xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda tashkillashtirilgan birinchi forum bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston Respublikasini 2035-yilgacha rivojlantirishga mo‘ljallangan uzoq muddatli modelining muhim yo‘nalishlarini ochiq muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

“Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasini 2035-yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli modeli bo‘yicha takliflar shakllantirib bo‘lingach, ular O‘zbekiston Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют