» » “O‘zbekiston—2035” forumi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

“O‘zbekiston—2035” forumi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi


“Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi” markazi hamkorligida tashkil etiluvchi “O‘zbekiston—2035” forumini o‘tkazish sanalari ma’lum bo‘ldi.

2018-yil 28—30-iyun kunlari Toshkentda O‘zbekistonning 2035-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi va strategiyasini keng muhokama qilish rejalashtirilmoqda, unda “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ekspertlari ishtirok etadi — dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi va turli sohalarda taniqli mutaxassislar darajasiga etgan hamyurtlarimiz, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari hamda idoralari xodimlari.

Rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha beshta yalpi sessiya mavzusi aniqlandi. Mavzuga oid sessiyalar quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:

Kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan, xorijda professional muvaffaqiyatlarga erishganlar kelgusi 17 yil ichida mamlakat taraqqiyoti haqidagi o‘z fikrlari bilan bo‘lishib, mamlakat vazirliklari va idoralari bilan rivojlanish yo‘llarini muhokama qiladilar. Barcha innovatsion g‘oyalar va loyihalar yakuniy hujjatda aks ettiriladi va ular O‘zbekiston rahbariyatiga taqdim etiladi.

Aloqa uchun ma’lumotlar:

PR-menejer, Nozima Davletova

PR@buyukkelajak.uz

Rasmiy Telegram kanali:

@officialBuyukKelajak



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют