» » O‘t o‘chiruvchilar va politsiya to‘qnashuvi, uyqusizlikka qarshi aksiya, koronavirusdan himoya. 28-yanvarning eng qiziqarli suratlari

O‘t o‘chiruvchilar va politsiya to‘qnashuvi, uyqusizlikka qarshi aksiya, koronavirusdan himoya. 28-yanvarning eng qiziqarli suratlari


Bugun, 28-yanvar kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Tokio, Yaponiya

Tokio metrosida tonggi tig‘iz payt

Vashington, AQSh

AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Vinyamin Netanyaxu Oq uydagi Oval kabinet yonida suhbatlashmoqda.

Parij, Fransiya

Namoyish o‘tkazayotgan fransuz o‘t o‘chiruvchilari politsiya bilan to‘qnashdi. O‘t o‘chiruvchilar 1990-yildan beri oshirilmagan mukofot pullari qayta ko‘rib chiqilishini talab qilmoqda.

Gonkong, Xitoy

Temiryo‘l bekatida poyezd kutayotgan, niqob va suzuvchilarning ko‘zoynagini taqib olgan yo‘lovchi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi, yana salkam 1300 ta yangi kasallanish holatlari tasdiqlandi.

Nyu-York, AQSh

Manxettendagi metropolitenning “42-ko‘cha Brayant Park” bekati nomi 26-yanvar kuni vertolyot halokatida vafot etgan basketbolchi Kobi Brayant sharafiga o‘zgartirib qo‘yildi.

G‘azo sektori

Falastinlik qochoqlarning Ash-Shati lageridagi qizaloq.

Nyurnberg, Germaniya

Nyurnbergda xalqaro o‘yinchoqlar ko‘rgazmasi boshlandi. Suratda: aktyorlar shahzoda Uilyam, malika Keyt va ularning o‘g‘li Jorj obrazida.

G‘azni, Afg‘oniston

Afg‘onistonning markaziy qismida qulagan AQShning Bombardier E-11A samolyoti.

Praga, Chexiya

Uyqu yetishmovchiligiga e’tibor qaratish uchun talabalar Praga metrosida norozilik aksiyasi o‘tkazdi.

G‘arbiy Nusa-Tengara, Indoneziya

Koronavirus bilan zararlangani tasdiqlangan bemorlar izolyatoridagi tibbiyot xodimi.

Bag‘dod, Iroq

Hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etayotgan yigit “molotov kokteyli”ni qo‘lida ushlab turibdi.

Manila, Filippin

Aviahalokatda qizi bilan vafot etgan amerikalik basketbolchi Kobi Brayant xotirasi uchun Manilada graffiti chizishdi.

Uels, Britaniya

Uelsdagi hayvonot bog‘ida noyob sharqiy qora karkidon tug‘ildi.

Norduk, JAR

Keyptaun yaqinida o‘rmon yong‘inlari yuz bermoqda.

Hindiston

Hindistonda suv sportlari festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Azaz, Suriya

Suriya shimoli-sharqidan ko‘chirilgan bolalar yuk mashinasi kuzovida ketmoqda.

Shanxay, Xitoy

Shanxaydagi aeroport xodimasi koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan.

Gavana, Kuba

Kubaliklar milliy qahramon Xose Martining tug‘ilgan kuni sharafiga uyushtirilgan “Mash’alalar marshi”ga chiqdi.

Barsalo, Burkina-Faso

10 ming kishilik qochoqlar lageridagi qizaloq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют