» » Tramp o‘z oldiga Suriyadagi fuqarolik urushini tugatishni vazifa qilib qo‘ydi

Tramp o‘z oldiga Suriyadagi fuqarolik urushini tugatishni vazifa qilib qo‘ydi


AQSh prezidenti ma’muriyati o‘z oldiga Suriyadagi fuqarolik urushi va gumanitar fojiani to‘xtatishni vazifa qilib qo‘ydi. Bu haqda Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Gerbert Makmaster ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Biz haqiqatdan ham gumanitar fojiani to‘xtatish uchun ushbu fuqarolik urushini hal qilishimiz lozim”, — dedi Makmaster.

U Suriyadagi aerodromga AQSh qurolli kuchlari tomonidan berilgan aviazarbalardan so‘ng Rossiya “nima uchun bu qattiqqo‘l rejimni qo‘llab-quvvatlayotgani”ni o‘ylab ko‘rishi lozimligini qayd etdi. Makmaster Tramp Rossiyaga o‘zining Suriya bo‘yicha pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi uchun imkon berganini ta’kidladi.

“Rossiya uchun bu u nima bilan shug‘ullanayotganini qayta ko‘rib chiqish uchun yaxshi imkoniyat. Bu muammoni hal qilishning tarkibiy qismiga aylanishi mumkin”, — dedi Makmaster.

Prezident yordamchisi Tramp zaruriyat tug‘ilsa, Suriyadagi harbiy obyektga faqat bir bor berilgan zarba bilan cheklanmasligini aytdi. “Bizning vazifamiz (Suriyada) kimyoviy qurol yana bir bor ishlatilishining oldini olishdir. Biz davom etishga tayyormiz”, — deb qo‘shimcha qildi Makmaster. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют