» » Yaponiya o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Uxanga yana 2 ta reys jo‘natadi

Yaponiya o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun Uxanga yana 2 ta reys jo‘natadi


Yaponiya hukumati 29 va 30-yanvar kunlari koronavirus qayd etilgan Uxan shahriga yana ikkita charter reys jo‘natib, o‘z fuqarolarini evakuatsiya qiladi, deb xabar berdi “TASS”.

Avvalroq mamlakat hukumati All Nippon Airways aviakompaniyasi samolyotini yuborishga tayyorligini bildirgan edi.

Bortida 206 nafar Yaponiya fuqarosi bo‘lgan samolyot bugun, 29-yanvar kuni, Tokiodagi Xande aeroportiga qo‘ndi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortdagi yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tkazilganda ularda kasallik alomatlari aniqlanmagan.

Shu bilan birga, to‘rt kishi o‘zini yomon his qilayotgani, issig‘i balandligi va yo‘talayotganidan shikoyat qilgan.

Ularning barchasi yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni tashish uchun mo‘ljallangan maxsus tez tibbiy yordam mashinalarida kasalxonaga keyingi tekshiruv uchun yuborildi.

Qolgan yo‘lovchilar avtobuslarda Sindzyuku tumanidagi tibbiyot markaziga qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun olib ketildi. Kasalxonaga yotqizish zarurati bo‘lmasa, odamlarga ikki hafta davomida uyda qolishlari, agar sog‘lig‘i yomonlashsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etildi. Samolyot saloni butunlay dezinfeksiya qilinadi.

“Hozirda Uxan shahrida evakuatsiya qilinishni istagan 440 nafar Yaponiya fuqarosi bor. Biz ularni Yaponiyaga tezda jo‘natish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz", — dedi Vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosihide Suga Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Qayd etilishicha, ularni evakuatsiya qilish uchun nafaqat charter reyslari, balki hukumat samolyotlari ham jalb qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют