» » Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjudligi ma’lum qilindi

Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjudligi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilaridan ayni kunlarda Xitoyda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik yoshlar ahvoli haqida ma’lumotlar oldi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjud bo‘lib, ular bilan O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi, Bosh konsulxonasi xizmati xodimlari hamda universitet ma’murlari tomonidan doimiy muloqot olib borilmoqda.

O‘zbekistonlik talabalarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday shikoyatlar mavjud emas. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, deyiladi Senat xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 28-yanvar kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatga Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan.

Avvalroq, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot bergan edi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etgan edi. Hozirda Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 mingdan oshib ketdi. Buning ortidan Xitoy—O‘zbekiston aviareysiga bo‘lgan talab besh baravarga ortdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Xitoyga xizmat, turistik va boshqa maqsadlarda tashrif buyurishdan tiyilib turishni tavsiya qilmoqda.

Gonkongda koronavirusga qarshi vaksina yaratilgani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют