» » AQSh Federal zaxirasi tizimi bazaviy stavkasini saqlab qoldi

AQSh Federal zaxirasi tizimi bazaviy stavkasini saqlab qoldi


AQSh Federal zaxirasi tizimi (Markaziy bank vakolatlarini bajaradi) bazaviy foiz stavkasini yillik 1,5—1,75 foiz darajasida ushlab qoldi. “Kommersant”ning xabar berishicha, bu FZT siyosatini yengillashtirishda uzoq vaqt pauza bo‘lishini taxmin qilgan mutaxassislarning kutganlari bilan mos keldi.

“Amaldagi pul-kredit siyosati iqtisodiy faollikning barqaror o‘sishini, kuchli mehnat bozori va inflyatsiyaning maqsad qilingan 2 foizi darajasiga yaqin bo‘lishini ta’minlash uchun mos keladi”, — deyiladi xabarda.

Dekabr oyida regulyator ham bazaviy stavkani saqlab qolgan edi. Unga qadar FZT bazaviy stavkani so‘nggi uch yig‘ilishda ketma-ket 3 marta pasaytirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют