» » Shavkat Mirziyoyev koronavirus haqida gapirdi, O‘zbekiston Xitoy bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Koronavirus bo‘yicha 31-yanvarning eng muhim xabarlari

Shavkat Mirziyoyev koronavirus haqida gapirdi, O‘zbekiston Xitoy bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Koronavirus bo‘yicha 31-yanvarning eng muhim xabarlari


Xitoy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 31-yanvar tongida Xitoyda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 213 kishiga yetgani ma’lum qildi. Virus bilan kasallanganlar soni 9692 kishini tashkil etmoqda.

Markazi Uxan bo‘lgan Xubey provinsiyasining o‘zida 804 kishi og‘ir, 290 nafar odam esa o‘ta og‘ir holatda bo‘lib turibdi. 171 nafar bemorni davolashga muvaffaq bo‘lingan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning tarqalishini xalqaro darajadagi tibbiy favqulodda holat deb e’lon qildi.

AQShda koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq oltinchi holat aniqlandi. Qayd etilishicha, bu yangi turdagi virusning insondan insonga yuqishi bilan bog‘liq ilk holat hisoblanadi. Bemor murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahridan qaytgan 60 yoshli amerikalik ayol bo‘ldi.

Koronavirus alomatlari bemorning turmush o‘rtog‘ida ham kuzatilgan, ularning ikkalasi ham kasalxonaga yotqizilgan.

Bir kun avval vortida 6 ming yo‘lovchisi bo‘lgan Costa Smeralda kruiz layneri ehtimoliy koronavirus tahdidi sababli Rim yaqinidagi Chivitavekkya portida to‘xtatib, yopib qo‘yilgan edi. Makaolik 54 yoshli sayyoh ayolda o‘tkir respirator kasallik alomatlari kuzatilgani uchun laynerdagi 6 ming sayyohga ham sohilga tushish taqiqlangan edi.

Tekshiruvlar ayol va uning hamrohi yangi turdagi virus bilan kasallanmaganini ko‘rsatdi. Bu orada esa Italiya Xitoy bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishga ulgurdi.

Buyuk Britaniya koronavirus aniqlangan Yevropadagi beshinchi davlatga aylandi. Bir oilaning ikki a’zosida ushbu kasallik aniqlangan.

Rossiyada yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki ikki holat qayd etildi. Virus Baykalorti o‘lkasi va Tyumen viloyatida bo‘lgan Xitoyning ikki fuqarosida aniqlangan.

Uxanda 300 nafar, Xubeyda esa 341 nafar rossiyalik bor. Rossiya barcha fuqarolarini 4-fevralga qadar qaytarib olib kelishni rejalashtirgan. Rossiya hukumati xitoyliklarga ishchi viza berishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni tayyorlamoqda.

1-fevraldan boshlab “Aeroflot”ning Pekin, Shanxay, Gonkong va Guanjchouga reyslaridan tashqari, Xitoy bilan barcha aviaqatnovlar, shuningdek, Xitoy aviakompaniyalarining Moskvaning Sheremetyevo aeroportiga reyslari bekor qilinadi.

Rossiya Xitoy bilan chegarani yopdi. Endi Mo‘g‘uliston bilan chegarada cheklov o‘rnatadi.

Qozog‘istonning Olmaota shahrida koronavirusga chalingan 70 ga yaqin fuqaro borligi haqida messenjer orqali xabar tarqatgan shifokor qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasidagi yig‘ilishda koronavirus masalasiga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

“Hozirgi koronavirus ko‘zimizni moshdek ochishi kerak”, — deb aytgan Prezident. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bunda qaysi yo‘nalish bo‘yicha nimalar qilinishi kerak, nimalar ixtiro qilinishi kerak — shu kabi masalalarga tayyor bo‘lish lozim.

“Xalqimizning xavfsizligini o‘ylashimiz kerak”, — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng O‘zbekiston hukumati koronavirus epidemiyasi rasman bartaraf etilmagunicha Xitoyga safarlarni va ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga tashriflarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Bir kun avval Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov o‘zbekistonliklarning Xitoyga borishini cheklash bilan bir qatorda, xitoyliklar va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga kirib kelishini vaqtinchalik cheklash tarafdori ekanligini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют