» » IIV tizimidagi profilaktik tadbirlar davomida 32 nafar xodim xizmatdan bo‘shatildi

IIV tizimidagi profilaktik tadbirlar davomida 32 nafar xodim xizmatdan bo‘shatildi


Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi va O‘z xavfsizligi boshqarmasi rahbariyatidan iborat ishchi guruh tomonidan 2019-yilning 13-dekabridan joriy yil 7-yanvariga qadar respublikaning barcha hududiy ichki ishlar organlarida tarbiyaviy-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur tadbirlarda xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan, o‘z burchiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi. Jumladan, 32 nafar xodim xizmatdan bo‘shatildi, 57 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 12 nafarining unvoni bir pog‘ona pasaytirildi, 76 nafar xodimga nisbatan boshqa turdagi intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Yig‘ilishlarda shaxsiy tarkibga korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish borasidagi vazifalar to‘g‘ri va ta’sirchan qilib yetkazilgani natijasida joriy yilning birgina yanvar oyida xodimlarga pora taklif etish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlanib, aybdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Ayni vaqtda yuqoridagi buyruq talablaridan kelib chiqib, vazirlikning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida uchta yo‘nalishda ish olib borilmoqda:

“Bularning barchasi, albatta, ichki ishlar organlarida kelgusida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish hamda faoliyatni yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют