» » Yangi Zelandiya Xitoyda bo‘lgan xorijliklarga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi

Yangi Zelandiya Xitoyda bo‘lgan xorijliklarga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi


Yangi Zelandiya hukumati Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli u yerda bo‘lgan xorijlik sayyohlarning mamlakat hududiga kirishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Radio New Zealand nashri xabar bergan.

Taqiq 3-fevraldan kuchga kiradi. Yangi Zelandiya fuqarolari va ularning xorijdagi yaqin qarindoshlari mamlakat hududiga kirishi mumkin. Biroq bunda ular chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va 14 kun davomida karantinda ushlab turadi.

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern bu kabi chora-tadbirlar davlat uchun juda muhimligi, ushbu harakat epidemiya tarqalishini oldini olishi va uni ushlab turishini bildirgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyda bo‘lgan xorijliklarning mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagan. Amerika fuqarolarining oila a’zolari, shuningdek AQShda doimiy yashash ruxsatnomasiga ega odamlarga istisno tariqasida bunga ruxsat berilgan. Ular majburiy ravishda karantinga olinadi, tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi va ularga zarur yordam ko‘rsatiladi. Pentagon koronavirusga qarshi kurash jarayoniga jalb qilingan.

Mavzuga doir: 

1-fevral holatiga ko‘ra, 2019-nCoV koronavirusi bilan 12 ming odam kasallangani ma’lum qilingan. Virusga chalinish oqibatida 259 nafar odam halok bo‘lgan, 243 nafar odam sog‘ayib ketgan. XXRdan tashqaridagi xorij mamlakatlarida 100 dan ortiq odamning ushbu kasallikka chalingani xabar qilingan. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti epidemiyani xalqaro darajadagi favqulodda holat deb e’lon qilgan.

Mavzuga doir: Koronavirusdan kasallangan xitoylik ayol qanday tuzalganini aytib berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют